"Bavariya"da Anchelotti o‘rnini ko‘zlayotgan da’vogar topildi

  • 17 yanvar, 2017, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubining sobiq yarim himoyachisi va “Paderborn” klubi sobiq bosh murabbiyi Shtefan Effenberg kelajakda myunxenliklarni boshqarish niyati borligini ma’lum qilgan. Effenberg bu ishni uddalay olishiga va imkoniyat berilishiga ishonmoqda.

Tecno

effenberg_stefan_bayern_fc

– Men ikkinchi imkoniyatga haqliman. Muzokaralar o‘tkazishni kutaman. Mening xizmatlarimga qiziqqan jamo bilan muzokaralar etarlicha surilib kelindi. Endi mening davrim keldi. “Bavariya”da ish ajoyib bo‘lar edi, biroq bu faqatgina menga bog‘liq emas. Har qanday holatda ham men futboldan uzoqlashmayman, – deydi Effenberg Kicker nashriga.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda myunxenliklarni Karlo Anchelotti boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Bundesliga 16-turidan so‘ng 39 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!