
Baxtiyor Ashurmatov: "Neftchi" allaqachon o‘z o‘yinini topib olgan
"Bugun chempionatimizdagi eng muhim uchrashuvlardan birini o‘tkazdik. Lekin raqib – “Neftchi” jamoasi bizdan ko‘ra g‘alabaga chanqoqroq ekanini namoyish eta oldi.
Farg‘onaliklar haqli ravishda g‘alabaga erishishdi. O‘yindan avval yigitlarga ta’kidlab o‘tgandim, “Neftchi” allaqachon o‘z o‘yinini topib ulgurdi va endigi o‘yinlarda ushbu jamoani osonlikcha mag‘lub etish imkonsiz. Shogirdlarimni o‘yinga yaxshi tayyorlantirishga harakat qildim. Lekin bugun omad bizga kulib boqmadi. Endi e’tiborimizni xatolar ustida ishlab, kelasi o‘yinlarga qaratamiz", - deb Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati
Fikrlar