Eldor Shomurodovning harakatlari necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 14 avgust, 01:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshexir" - "Viking" o‘rtasidagi bellashuv 1:1 hisobida durang bilan o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Mazkur to‘qnashuvda esa jamoa murabbiyi Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda tashladi. Hamyurtimiz esa 83 daqiqa harakat qilganidan so‘ng zaxiraga olindi. Uning ushbu vaqt davomida qilgan harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi. 
 
"Fotmob" vakilimizni 6.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Shomurodovga 6.9 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 6.6 ball berdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Turkiya klubi navbatdagi uchrashuvini 17 avgust kuni Kayserisporga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!