Ben Arfa PSJni sudga bermoqchi

  • 05.02.2019 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ayni damda “Renn” klubi sharafini himoya qilayotgan PSJ sobiq  yarim himoyachisi Xotam Ben Arfa Parij klubini sudga bermoqchi.

Goal.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi PSJdan 7-8 million evro tovon puli undirmoqchi. Bunga Ben Arfaning 2017/18 yilgi mavsumda birorta ham o‘yinda ishtirok etmagani asos bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ben Arfa PSJ safida 2016-2018 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!