Boks. Medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston yaqqol peshqadam

  • 7 may, 2017, 08:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bugun o‘z yakuniga etadi. 30 aprel sanasidan buyon davom etayotgan qit’a birinchiligida hozircha besh vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Kecha o‘tkazilgan final janglarida to‘rt nafar bokschimiz oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, kechagi dasturlarda chorak finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikki yo‘llanmasi uchun bahs olib borildi. Ushbu yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov eronlik raqibi Salar G‘olamiyni mag‘lub etdi va shu yilning avgust oyida Germaniyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid: Bugun besh nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi

Hozirga qadar 9 mamlakat vakillari medal jamg‘arishni amallagan bo‘lsa, shulardan faqat O‘zbekiston hamda Qozog‘iston terma jamoasi hisobida oltin medallar mavjud.

Dastlabki kungi final janglaridan so‘ng ishtirokchi mamlakatlarning qo‘lga kiritgan medallari

O‘zbekiston: 4 ta oltin

Qozog‘iston: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Hindiston: 2 ta kumush, 1 ta bronza

Xitoy: 1 ta kumush, 2 ta bronza

Janubiy Koreya: 1 ta kumush, 1 ta bronza

Suriya: 1 ta bronza

Turkmaniston: 1 ta bronza

Tojikiston: 1 ta bronza

Mo‘g‘uliston: 1 ta bronza

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!