
Bokschilarimiz jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatining final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 75 davlatidan 417 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borgan musobaqaga terma jamoamiz to‘liq tarkib tashrif buyurdi. Shulardan to‘rt nafar bokschimiz medallar bilan taqdirlandi. Shunqor Abdurasulov (56 kg.), Shohruh Rahimov (91 kg.) va Otabek Xolmatov (52 kg.) bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov finalgacha etib keldi.
Amerikalik Delante Jonsonga qarshi kechgan bellashuvda hamyurtimizga biroz omad etishmadi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shunday qilib, ushbu jahon chempionatida vakillarimiz 3 bronza va 1 kumush medalini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar