"Borussiya" Dortmund etakchisi safga qaytdi
Dortmundning “Borussiya” klubi sardori Marko Roys jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda FP nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki Roys 5 fevral kuni “Verder”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Endi u katta ehtimol bilan Bundesliganing 24-turidan o‘rin olgan “Augsburg”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Roys joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar