"Borussiya" Dortmund futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdan qutulib qoldi

  • 15.01.2019 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi asosiy himoyachilaridan biri Manuel Akanji jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq shifokorlar 23 yoshli shveytsariyalik futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llanilishini aytishgan edi. Ammo, yakunda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga hojat qoldirilmadi.

Hozircha Akanjining qachon safga qaytishi ma’lum emas. Biroq, shuni aytish mumkinki u hali bu mavsum jamoasiga yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Akanji “Borussiya” safiga roppa-rosa bir yil muqaddam “Bazel”dan 21,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida dortmundliklar safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!