
Bugun Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi
Tadbir mahalliy vaqt bilan soat 18:08da (Toshkent vaqti bilan 16:08) boshlanadi. Asosiy musobaqalarga esa ertaga start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va engil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
Fikrlar