Ronaldу "Paxtakor" oʻyiniga munosabat bildirdi
Krishtianu Toshkentga kela olmaganiidan afsusda bo‘lsa kerak
«An-Nasr» jamoasi Toshkentda «Paxtakor» ustidan qo‘lga kiritgan yirik g‘alabadan so‘ng jamoa yetakchisi, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o‘z munosabatini bildirdi.
Mashhur portugalialik futbolchi o‘zining Instagram sahifasida uchrashuv hisobini aks ettirgan rasmiy bannerni storis sifatida joylashtirdi va unga uchta yonib turgan olovcha shaklidagi smaylik qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan OFK Elit Chempionlar ligasi bahsida «An-Nasr» futbolchilari «Paxtakor»ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shu bilan birga, ushbu o‘yinda Ronaldu maydonga tushmadi. Avvalroq «An-Nasr» bosh murabbiyi Anje Postekoglu portugalialik yulduz nega uchrashuvda ishtirok etmaganini izohlab, unga dam berish zarurligini aytgan edi.
Murabbiyga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi zich o‘yin taqvimi va uzoq parvozlardan so‘ng tiklanishga muhtoj bo‘lgan. Undan oldin Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida xet-trik qayd etgan edi.
Ronalduning ehtimoliy ravishda O‘zbekistonga kelishi mamlakat futbol jamoatchiligi va muxlislar orasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Izohlar (0)