Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Osimxenga faqat Shomurodov teng kela oladi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu raqobatga boshqa hech kim aralasha olmaydi

Turkiyaning nufuzli manbalaridan hisoblangan sabah.com.tr nashri Superliga to‘purarlari bo‘yicha qiziqarli ma’lumot chiqardi. Unda liganing eng qimmatbaho o‘yinchisi Viktor Osimxenning to‘purarlik statistikasi alohida tilga olingan.

- 2024/25 yildgi mavsumdan buyon “Galatasaroy” safida 23 ta jamoaga qarshi maydonga tushib, ularning 17 tasi darvozasiga gol urgan nigeriyalik futbolchi 50 ta gol bilan keyingi paytda to‘purarlar ro‘yxatida ishonchli peshqadam bo‘lib turibdi.

Joriy mavsumda esa, Osimxen Superligada o‘tkazgan 6 ta o‘yinida 9 ta gol urdi. Ushbu uchrashuvlarning 3 tasida dubl qayd etib, “Galatasaroy” muvaffaqiyatini ta’minlayotgan asosiy futbolchilardan biriga aylandi.

“Sariq-qizillar” safidagi uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan nigeriyalik “Niqobli Qirol” (mavsumlardan birida jamoada ijara asosida to‘p surgan) Superligaga kelganidan buyon samarali o‘yin ko‘rsatmoqda, - deb yozdi nashr jurnalisti O‘g‘ur Ch’em.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Turkiya chempionatlarida Viktor Osimxenga faqatgina o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov munosib qarshilik ko‘rsatishi mumkin. “Bashakshеhir” hujumchisi Superliga endigina ikkinchi mavsumini boshlagan bo‘lsa-da, raqiblar darvozasiga 30 ta to‘p joylab ulgirdi.

Eldor Shomurodov ham xuddi nigeriyalik hamkasbi singari muntazam gol urishi bilan alohida ajralib turibdi. O‘tgan mavsumda 22 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lgan o‘zbek legioneri bu yil raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va “Oltin butsa” sovrinini munosib himoya qilmoqda.  

Sabah nashri keltirgan to‘purarlar ro‘yxatida keltirilgan qolgan futbolchilarning aksariyati bu bahsga qo‘shila olmaydi. Superligada 29 ta to‘p kiritgan braziliyalik mashhur hujumchi Anderson Taliska yozda “Fenerbahche”ni tark etdi.

Shu paytgacha 28 ta gol urgan “Rizespor”ning gambiyalik hujumchisi Ali Souga barqarorlik yetishmayapti. Joriy chempionatda u o‘nta uchrashuvda atigi ikki marta nomini tabloga yozdirdi xolos.

Katta klublarda o‘ynagan Yussef En-Nesirining gollari soni ham 26 tada to‘xtagan. “Fenerbahche” uning o‘yin sifati va ko‘rsatkichlaridan qoniqmagan holda jamoadan ketkazib yubordi.

Umuman olganda, Turkiya chempionatining yangi mavsumida to‘purarlar bahsida ikki nigeriyalik forvard – Viktor Osimxen va Gift Orban to‘qqiztadan gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda ulardan bitta kam to‘p kiritgan Eldor Shomurodov va Muhammad Saloh bormoqda. Uchinchi o‘rinni bo‘lishib turgan Vedat Muriki va Dushan Vlahovich kabi taniqli forvardlar hisobida ettitadan aniq zarba bor.

Husanov “Barsa”dagi raqobatchilardan kuchli

Husanov “Barsa”dagi raqobatchilardan kuchli

Ronaldu kelganda "Paxtakor"ga nechta gol urardi?

“Barsa”ga Husanovni tanlashdi

Shomurodov yana gol urdi! Turkiyada to‘purarlar poygasi “yonyapti”!

Gol urishiga bir bahya qolgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodovni almashtirish "Bashakshеhir"ga qimmatga tushdi

Husanovni eksperiment qilishni to‘xtating!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q