
Bugun futbol: O‘zbekiston - Eron
Bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yinidir.
Bugun terma jamoamiz maydonga oq, Eron esa qizil rangli kiyimda chiqadi. O‘rtoqlik o‘yini Toshkentdagi “Milliy” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
O‘yinni bevosita maydonda kuzatishni istaganlar uchun chiptalar “Milliy” stadionida sotilmoqda.
O‘rtoqlik o‘yini
11 sentyabr, soat 20:00, Toshkent
O‘zbekiston – Eron
Hakamlar: Dmitriy Mashintsev, Bahodir Qo‘chqorov va Ismoil Tolibjonov (Barchasi Qirg‘izistondan).
Fikrlar