Bundesliga. “Bavariya” so‘nggi 16 bahsda ilk bor durang o‘ynadi va boshqa natijalar

  • 24 fevral, 2018, 21:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Germaniya Bundesligasi 24-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar o‘z nihoyasiga etdi. Amaldagi chempion – Myunxenning “Bavariya” klubi bu tur o‘z maydonida Berlinning “Gerta” jamoasini qabul qildi.

Mazkur o‘yinda hisob ochilmadi – 0:0. E’tiborlisi, “Bavariya” Bundesligada so‘nggi 16 bellashuvning birortasida raqib bilan murosa yo‘lini tanlamagan edi.

Quyida shu va boshqa o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishasiz.

Germaniya Bundesligasi. 24-tur

Shtutgart – Ayntraxt F 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 13 Tommi.

Shtutgart – Tsiler, Pavar, Baumgartl, Insua, Badshtuber, Gentner, Askasibar (Mangalya, 80), Tommi (Aogo, 67), Bek, Ginchek (Akolo, 90), Gomes.

Ayntraxt F – Gradetski, Russ (Fabian, 46), Abraam, Chendler, Falett, Volf, Xasebe, Rebich, Gachinovich, da Koshta (Barkok, 74), Aller (Yovich, 65).

Ogohlantirishlar: Askasibar (23), Yovich (72), Gentner (86), Rebich (90).


Gannover 96 – Borussiya M 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 72 Kramer.

Gannover 96 – Chauner, Ostjolek, Anton, Elez (Jonatas, 80), Korb, Klaus (Mayer, 23), Fossum, Bebu, Shvegler (Zorg, 60), Sane, Fyullkrug.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Ginter, Vestergor, Oksford, Kramer, Azar (Xerrmann, 84), Xofmann, Zakariya (Egbo, 80), Shtindl, Bobadilya (Grifo, 90).

Ogohlantirishlar: Korb (70), Sane (83), Bobadilya (85).


Xoffenxaym-1899 – Frayburg 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 57 Kramarich, 1:1 – 66, penalti Petersen.

Xoffenxaym-1899 – Baumann, Akpoguma (Shults, 82), Fogt, Kaderjabek, Xyubner, Grillich, Jul (Rupp, 62), Gayger, Gnabri, Kramarich, Salai (Ut, 71).

Frayburg – Shvolov, Seyundjyu, Gulde, Gyunter, Kox, Xaberer (Klyayndinst, 90), Abrashi, Terratsino (Kat, 59), Shtentsel, Petersen, Xeler (Rave, 76).

Ogohlantirishlar: Xaberer (83), Gayger (88).


Bavariya – Gerta 0:0 (0:0, 0:0)

Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Robben, Alkantara (Vidal, 75), Riberi (Koman, 68), Rafinya, Levandovski, Myuller (Vagner, 71).

Gerta – Yarsteyn, Shtark, Plattenxardt, Pekarik, Torunariga, Lekki, Lazaro, Lustenberger, Darida, Zelke (Essvayn, 71), Kalu (Duda, 80).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!