Byorndalen o‘q otishda aka-uka Byolarni ortda qoldirdi
O‘tgan mavsum faoliyatini tugatgan biatlon bo‘yicha sakkiz karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi norvegiyalik Ole-Eynar Byorndalen mashg‘ulotlar davomida aka-uka Tarey va Yoxannes Byolar bilan o‘q otish bo‘yicha bahslashdi.
Bir vaqtda tik holatda otish bo‘yicha kechgan ajoyib bahsda afsonaviy sportchi 5 ta o‘qning barchasidan unumli foydalanib g‘alaba qozondi. Tarey o‘z imkoniyatlarida 2 bor adashgan bo‘lsa, Yoxannes 4 bor xato o‘q uzdi. Aka-ukalar bunday holatga izoh berar ekan, kichik Byo hayojonlangani, ozirgi marta qachon bunaqa qo‘pol xatolar qilganini eslolmasligini aytdi.
Norvegiyaning Beytostolen shahrida davom etayotgan ushbu mashg‘ulot jarayonlarida biatlon olamining etakchi vakillari ham yangi mavsumga tayyogarlik ko‘rishmoqda.
Fikrlar