"Chelsi" "Atletiko" darvozaboni uchun 80 mlndan kechishga tayyor

Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko" hamda Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepuni Tibo Kurtuaning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Belgiya terma jamoasi kiperi Kurtua joriy yilning mavsumlar oralig‘ida "aristokratlar" safini tark etishni xohlayotganini aytib o‘tgandi.

As nashrining xabar berishicha, "Chelsi" 23 yoshli Kepu uchun 80 million evrodan kechishga tayyor turishibdi. Ushbu summa uning "Atletiko" bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatib qo‘yilgan.

Biroq, londonliklar Kepuning roziligini ham olishlari darkor. Darvozabon faoliyatini APLda davom ettirishga rozi, ammo u joriy yilning yanvar oyida madridliklar bilan 2025 yilga qadar shartnomasini uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!