
Cherchesov Rossiya terma jamoasining Shvetsiya va Turkiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov UEFA Millatlar ligasi doirasida yaqinlashib kelayotgan Shvetsiya va Turkiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Gilerme («Lokomotiv»), Andrey Lunev («Zenit»), Anton Shunin («Dinamo»).
Himoyachilar: Georgiy Jikiya («Spartak»), Fyodor Kudryashov, Egor Sorokin (ikkalasi – «Rubin»), Elmir Nabiullin, Igor Smolnikov (ikkalasi – «Zenit»), Roman Noyshtedter («Fenerbaxche»), Konstantin Raush («Dinamo»), Andrey Semenov («Axmat»), Mario Fernandes (TsSKA).
Yarim himoyachilar: Yuriy Gazinskiy («Krasnodar»), Aleksandr Golovin («Monako»), Alan Dzagoev (TsSKA), Roman Zobnin («Spartak»), Aleksandr Eroxin, Daler Kuzyaev (ikkalasi – «Zenit»), Aleksey Ionov («Rostov»), Ruslan Kambolov («Rubin»), Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»), Denis Cherishev («Valensiya»).
Hujumchilar: Artyom Dzyuba, Anton Zabolotniy (ikkalasi – «Zenit»), Dmitriy Poloz («Rubin»).
Eslatib o‘tamiz, Rossiya – Shvetsiya uchrashuvi 11 oktyabr kuni Kaliningrad shahrida o‘tkazilsa, 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiya – Turkiya bahsiga Sochi shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar