Doniyor Saliev – navbatdagi oltin medal soxibi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Angliya poytaxti London shahri  Para-atletika bo‘yicha jaxon chempionati bellashuvlariga mezbonlik qilmoqda. Ushbu turnirda ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zolari shu vaqtga kelib, 2 ta oltin terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.   

Tecno


Erkaklar o‘rtasida engil atletikaning  uzunlikga sakrash turi bo‘yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Doniyor Soliev 7.18 m. natijasi bilan navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo rekordini yangiladi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi Osiyo rekordi 2015 yil Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida xitoylik Chen Mingyu tomonidan 7.07m. natija bilan o‘rnatilgan edi. Shohsupaning keyingi  o‘rini shvetsiyalik Jonson Tobiasga nasib etgan bo‘lsa, belorussiyalik Burdukov Sergey bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Mazkur musobaqa 10 kun davom etadi va 1050ta sportchilar 213ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashadilar. Shular orasida paralimpiyachimiz Xusnuddin Norbekov 15 iyul kuni 54.73 natija bilan birinchi o‘rinni egallab, ikkinchi marotaba Jaxon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!