Duglas Kosta avariyaga uchradi (FOTO)

  • 04.02.2019 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi vingeri Duglas Kosta yo‘l-transport hodisasiga uchradi. BBu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Unga ko‘ra to‘qnashuv Livorno-Ferraris va Santiya avtomagistralida sodir bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi shu kuni o‘zining Jeep Cherokee avtomobili bilan Fiat Punto mashinasiga borib urildi. Natijada Kostaga hech qanday zarar etmagan, biroq ikkinchi avtomobilning haydovchisi shikastlangan va u darhol shifoxonaga yotqizilgan.

185153_m.jpg

185146-503_m.jpg

Ma’lumot uchun, Duglas Kosta joriy mavsum “Yuventus” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!