Ektor Kuper: Himoyaviy futbol ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bermagandim
Xabaringiz bor bundan biroz avval Osiyo Kubogi "F" guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy kechgan o‘yin yakunda 2:1 hisobida vakillarimizning muhim g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper jamoamizning himoyaviy o‘yin ko‘rsatgani borasidagi savolga quyidagicha fikrini bildirib o‘tdi.
"Ikkinchi bo‘limda himoyaviy o‘yin ko‘rsatish borasida ko‘rsatma berganim yo‘q. Tanaffusda futbolchilarga ko‘proq to‘pga egalik qilishni aytgandim, ammo afsuski Ummon juda yaxshi pressing qo‘llay oldi. Himoyaviy futbol ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bermadim", - dedi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi keyingi uchrashuvini qo‘shni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 13 yanvar kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar