Eldor Shomurodov: Kuper menga hujumda imkon berishini aytgan edi
"Bugun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. O‘yin ancha qiyin kechganini ta’kidlab o‘tish zarur. Zaxiradan maydonga tushib, gol kiritish nasib qilganidan juda xursandman. Mashg‘ulotlar paytida bosh murabbiy menga hujumda imkon berishini aytib o‘tgandi. Murabbiyning ishonchini oqlash nasib qildi.
Bugungi o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Keyingi uchrashuvlarda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - deb Shomurodovning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.
Fikrlar