Elina Svitolina: Menga Pyotr Poroshenko qo‘ng‘iroq qildi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina "Rolan Garros" turniridagi ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Menimcha, birinchi davradagi bosimni munosib engib o‘tdim. Raqibimni olqishlayman u yaxshi o‘ynadi. Nima bo‘l-sa, ham g‘alaba qozondim.
Ukraina sharafini himoya qilish menga yoqadi. Rim turniridan so‘ng Pyotr Poroshenko menga qo‘ng‘iroq qilib tabrikladi. U tennisni yaxshi ko‘radi. Umid qilamanki o‘smirlarga e’tibor endi kuchayadi. Prezidentimizning e’tibori juda yaxshi holat.
Mening omadli o‘yinchog‘im bor va uni doimo yonimda olib yuraman. Shuningdek Bobik laqabli kuchukchamsiz ham hech qaerga bormayman", - deydi Elina.

Fikrlar