Elmurod Soatov: Koreyada kurash tobora ommalashmoqda
Mamlakatimizda sportga, xususan, kurashga qaratilayotgan e’bor sabab, polvonlar o‘zbek kurashi tobora ommalashib bormoqda. Xususan, dunyoning turli mintaqalarida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda, “halol”, “chala”, “kurash”, “to‘xta” so‘zlari tobora keng ommalashib bormoqda. Avval xabar berib o‘tganimizdek, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida kurash bo‘yicha Koreya birinchiligi bahslari o‘tkazildi.

Ushbu musobaqadan so‘ng ayni paytda Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston kurash federatsiyasi sport direktori, terma jamoa murabbiyi Elmurod Soatov bilan bog‘landik.
– Ayni paytda musobaqa bahslari o‘z yakuniga etdi. Hozirgina yakuniga etgan Koreya chempionati bahslaridan shu narsa ko‘zga tashlandiki bu mamlakatda ham kurash tobora ommalashib bormoqda. Xususan, erkaklar 7 ta, ayollar 3 ta, jami 10 ta vazn toifasida mamlakatning eng kuchli polvonlari nomi aniqlandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu musobaqa Koreya yoshlar terma jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jamoa esa avgust oyida Eronda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etishi mo‘ljallangan.
Musobaqa juda chiroyli tarzda tashkillashtirilgan. Unda Koreyaning barcha universitetlari talabalari, klublar qatnashchilari ishtirok etishdi. Musobaqa 10 ta vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lsa, har bir vazn toifasida 20 ta, ba’zan 30 ta, jami 200 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Bahslar kun bo‘yi davom etdi va Koreya telekanallarida to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.
Ushbu bahslardan so‘ng, Koreyaning eng ko‘zga ko‘ringan 6 nafar sportchisi, o‘zbekistonlik 6 nafar polvonga qarshi gilamga ko‘tarildi va bunda kurash yurti vakillarining qo‘li baland keldi. Unda Suhrob Xudoyberdiev, Shahram Ahadov va Ruslan Bo‘rievlar oltin medal sohibiga aylandi.
Fikrlar