Eng zo‘r futbolchilarning asl narxi qancha yoxud Neymarning bahosiga ikkita Ronaldu keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Sport tadqiqotlar markazi (CIES Football Observatory) jahonning eng kuchli futbolchilarining asl bahosini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot natijasi futbolchilarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan transfer summalaridan keskin farq qilishi ma’lum bo‘ldi.

Sport tadqiqotlari markazi “Barselona” futbolchisi Neymarning asl bohasi 246,8 million evroga teng ekanini ta’kidlab, braziliyalik hujumchini dunyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi, deb e’lon qildi. Kuchli uchlikdan Lionel Messi va transfer bo‘yicha rekord natijaga ega bo‘lgan Pol Pogba joy oldi.

Eng qizig‘i, to‘rt karra “Oltin to‘p” sohibi va dunyoning 2016 yildagi eng zo‘r futbolchisi deb e’lon qilingan Krishtianu Ronaldu Neymardan qariyb ikki barobar arzon baholangan.

Eng qimmat futbolchilar o‘nligi bilan tanishing:

1. Neymar («Barselona») – 246,8 million evro

2. Messi («Barselona») – 170,5

3. Pol Pogba («Manchester Yunayted») – 155,3

4. Antuan Grizmann («Atletiko») – 150,4

5. Luis Suares («Barselona») – 145,2

6. Xarri Keyn («Tottenxem») – 139,2

7. Krishtianu Ronaldu («Real») – 126,5

8. Paulo Dibala («Yuventus») – 113,8

9. Dele Alli («Tottenxem») – 110,5

10. Eden Azar («Chelsi») – 101,5

To‘liq ro‘yxat bilan shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!