"Everton" Gomeshni to‘liq sotib olmoqchi

  • 17 fevral, 2019, 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Everton" klubi joriy mavsum ijarada to‘p surayotgan "Barselona" xavbeki Andre Gomeshning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “irischilar” sport direktori tez orada Kataloniyaga boradi va portugaliyalik futbolchining transferi masalasini muhokama qiladi. O‘z navbatida “Barselona” yaxshi taklif bo‘lgan taqdirda ushbu futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Gomesh joriy mavsum “Everton” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!