FIFA "Lujniki"ni eng zo‘r stadion deb topdi

  • 12.12.2018 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Moskva qurilish departamenti rahbari Andrey Bochkaryovning aytishicha FIFA "Lujniki"ni tribunadan turib maydonni tomosha qilish uchun eng qulay stadion deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya poytaxtidagi muhtasham arena yozda bo‘lib o‘tgan JCh-2018ning 7ta o‘yinini o‘zida qabul qildi. Ochilish va final bahslari shular jumlasidandir.

Ma’lumot uchun, asli 1956 yilda qurib foydalanishga topshirilgan ushbu o‘yingoh 2013-2017 yillarda JCh-2018 munosabati bilan zamonaviy tarzda rekonstruktsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!