
FIFA prezidenti ham La Liga o‘yinlarining AQShda o‘tkazilishiga qarshi
FIFA prezidenti Janni Infantino La Liga o‘yinlarining AQShda o‘tkazilishi borasidagi g‘oya unga yoqmaganini aytdi.
“Men La Liga o‘yinlarini AQShda o‘tishidan ko‘ra, MLSda yirik o‘yinlar bo‘lishini istardim. Futbolning umumiy tamoyili shundaki, siz o‘z uy uchrashuvingizni o‘z maydoningizda o‘tkazishingiz lozim, boshqa davlatda emas”, - deydi FIFA prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 2019 yilning yanvar oyida La Liganing 26-turidan o‘rin olgan “Jirona” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahs AQShda o‘tkazilishi belgilangan edi.
Fikrlar