
Farg‘onada o‘zbek jang san’ati bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi
Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida “Al Farg‘oniy” kubogi doirasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Turnirda Andijon, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Farg‘ona va poytaxtimizdan 200 nafardan ortiq o‘smir bolalar hamda qizlar ishtirok etishdilar.
G‘oliblar 23 dan 42 kggacha turli vazn toifalarida aniqlandi. Akbar Muxtarov, Husanboy Yusupov, Gulzoda Nobieva va ko‘plab sportchilar shohsupaga ko‘tarildilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Samarkand viloyati birinchi, Farg‘ona ikkinchi va Namangan hamda Andijon viloyati vakillari uchinchi o‘rinni egallashdi.
Fikrlar