
Fazliddin G‘oibnazarov engilmas bokschini mag‘lub qildi
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining navbatdagi jangini AQShning Nyu-Orlean shahrida o‘tkazdi.
Likefront arenasi mezbonlik qilgan qarama-qarshilikda hamyurtimizga amerikalik Kevin Jonson raqiblik qildi. Bungacha Jonson professional ringda beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimiz to‘liq ustunlik qildi va 3:0 hisobida zafar quchji.
Shunday qilib Fazliddin faoliyatidagi beshinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlab, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Fikrlar