
Filip Raevats "Bunyodkor" safini tark etdi
Mashg‘ulotlar avvalida klubning yagona legioneri Filip Raevatsga ham "Bunyodkor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik belgisi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu haqda "Bunyodkor" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oilaviy muammolari sabab bugun Germaniyaga uchib ketgan Raevatsga bosh murabbiy Mirjalol Qosimov klub erishgan natijalarida o‘zining o‘yinlari va gollari bilan munosib hissa qo‘shganligini ta’kidlab, tashshakkur aytdi hamda shifoxonada davolanayotgan futbolchining otasi tezroq tuzalib oyoqqa turishini tiladi. O‘z navbatida futbolchi ham murabbiylar shtabiga hamda jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
Mashg‘ulotlardan so‘ng esa jamoa a’zodari bir dasturxon atrofida yig‘ildi.
Fikrlar