
Futbolchilar ham kitob o‘qiydi (foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati bolalar – o‘smirlar futbol akademiyasida “Kitob - ma’naviyat sarchashmasi ” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda akademiya o‘quvchilari, murabbiylar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Kitobxonlik tadbirida ishtirok etgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari, shoir O‘roz Haydar, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoira Nilufar Umarova hamda yosh va umidli yozuvchi Nafisa Davronlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib berdi. Tadbirda kitobning inson ma’naviyati yuksalishidagi beqiyos o‘rni haqida ko‘p ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida akademiya tarbiyalanuvchilari turli mavzulardagi she’r va hikoyalarni yoddan aytib berishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun kitoblarning hadya etilgani ajoyib ish bo‘ldi.
Ilhom RAHMONOV.
Fikrlar