Gattuzo: Iguain "Milan"dan ketsa, bundan xafa bo‘lmayman
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hujumchi Gonsalo Iguainning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Men Gonsaloning jamoadan ketmoqchiligi haqida eshitmadim. U yaxshi shug‘ullanyapti va bizning qarorgohimizda bo‘lib turibdi. Biz Iguainning so‘nggi qarorini e’lon qilishini kutyapmiz. Shaxsan men u “Milan”dan ketsa ham xafa bo‘lmayman. Chunki, men ham futbolchi bo‘lganman va ba’zan bunday holatlar uchrab turishi bilaman. Boshqalar ustidan hukm chiqara olmaymiz, chunki ular boshidan nimalarni o‘tkazishayotganini bilmaymiz”, - deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Iguainning “Chelsi”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar