FIFA yangi o‘zbek yulduzi haqida ma’lumot chiqardi

  • 7 noyabr, 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA rasmiy sayti Qatarda 17 yoshli futbolchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan jahon chempionati qahramonlari haqida e’tiborga molik ma’lumotlarni futbol jamoatchiligiga ma’lum qilib bormoqda.

Tecno

Sports.uz portali futbol olamidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot ekspertlarining O‘zbekiston U-17 terma jamoasida porlay boshlashgan va mundialning to‘purarlar poygasiga qo‘shilgan Azizbek Abdumo‘minov haqidagi maqolasini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

- O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilovning Azizbek Abdumo‘minov borasidagi intuitsiya 17 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionatining birinchi o‘yinida ish berdi.

Syurpriz shundan iborat ediki, Azizbek Abdumo‘minov hujumning asosiy qahramoniga aylandi.

O‘zbekiston FIFA tomonidan Qatarda 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatini Islom Ismoilovning ajoyib manyovri tufayli Paragvay uchtidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi va barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Taktik sxemalarni sir tutish juda qiyin bo‘lgan davrda o‘zbek murabbiyi kutilmaganda hujumdagi asosiy rolni Azizbek Abdumo‘minovga topshirdi. Asli hujumkor yarim himoyachi bo‘lgan Azizbek qanotlarda ham o‘ynay oladi. Uning Paragvay futbolchilari bilan to‘qnashuvlarda qanday ustunlik qilganini hamma ko‘rdi.

Ismoilov ham Abdumo‘minov ham FIFA vakillari bilan suhbatda amaldagi Osiyo chempionlari endi jahon chempionatidagi maqsadlarini ham aytib o‘tdi. “Biz har bir o‘yinga ikkita aniq maqsad bilan chiqamiz: vatanimiz uchun g‘alaba qozonish va har bir o‘yinchi imkoniyatidan maksimal darajada foydalanish. Tan olishim kerakki, Abdumo‘minov birinchi uchrashuv uchun “yashirin qurol”imiz edi. U ham ruhan, ham jismonan hammasiga tayyor edi”, - dedi murabbiy.

Shuningdek, Islom Ismoilov uchrashuv qahramoni bo‘lgan shogirdining barqarorligini alohida maqtab, “Azizbek mashg‘ulotlarda borini beradi va uchrashuvda ham shuni namoyish qildi”, - dedi.

Aslida Abdumo‘minovning O‘zbekiston U-17 terma jamoasida shu paytgacha ko‘rsatgan natijalarini yorqin, deb bo‘lmaydi. Hozirgacha jami 13 ta uchrashuvda ishtirok etgan o‘yinchi birorta gol urolmagan edi va jamoa aprel oyida Saudiya Arabistonidagi qit’a chempionatida g‘olib chiqqanida ham faqat bir marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgandi xolos.

- Ixtisosligi bo‘yicha Azizbek yarim himoyachi, lekin turli vaziyatlar va vazifalarni bajarish uchun universalligi ham bor, har qanday holatdi qo‘lidan nimalar kelishini ko‘rsata oladi, - deydi Islom Ismoilov.

Jahon chempionati ideal boshlagan, dubl qayd etgan va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritgan Abdumo‘minovning o‘zi ham xursandchiligini yashirgani yo‘q.

- O‘zim hayratdaman. Hissiyotlarimni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Bu jamoaviy yutuq. Murabbiylar menga o‘ynash imkonini bergani uchun ulardan minnatdorman. Har birimiz zo‘r o‘ynadik, - dedi Azizbek.

Bosh murabbiyning Osiyo kubogida to‘rtta gol bilan jamoasi to‘purari bo‘lgan Asilbek Alievni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmagani katta tavakkal edi. Lekin Azizbek Abdumo‘minov uchrashuvda qahramonlik ko‘rsatganidan keyin marrani ham baland olib, “Biz bu erga sovrin uchun kelganmiz. Oson bo‘lmasligini bilamiz, lekin turnir davomida o‘zimizni ko‘rsatib, vatanimiz sharafini yuksaltirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, - dedi.

Abdumo‘minov o‘zini Krishtianu Ronaldu va Jud Bellingemning katta ishqibozi ekanini aytdi. Shu bois, birinchi to‘pni kiritganidan keyin o‘zini murabbiyning quchog‘iga otgan futbolchi, ikkinchi golni portugaliyalik afsonaga o‘xshab nishonladi. Azizbek O‘zbekiston “J” guruhi peshqadamligi uchun Irlandiya bilan bo‘ladigan keyingi o‘yinda ham zo‘z muvaffaqiyatini takrorlay olishiga ishonmoqda, - deb yozdi FIFA rasmiy sayti.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvini Irlandiya Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin 8 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:45 da boshlanadi.

Shomurodov to‘purarlar poygasida toza birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbek futbolchisi jahon chempionati “Oltin butsa”siga da’vogar!

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?Shomurodov “taxti”da qoldi!Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!