
Gran-prining birinchi kunidan so‘ng medallar jamlanmasi qanday?
Biroz avval dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining birinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida terma jamoamiz vakillari 3 ta medal jamg‘argani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda medallar jamlanmasi bo‘yicha Kosovo terma jamoasi yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Bugun ayollar toifasida kechgan 3 vazn toifasining barchasida ushbu terma jamoa vakillari finalgacha etib borishda va ularning 2 tasi kosovoliklar uchun g‘alaba bilan yakunlandi. Bugun hech bir terma jamoa ularchalik muvaffaqiyat qozona olishmadi va tabiiyki, ular umumiy hisobda 2 ta oltin va 1 ta kumush medallari bilan peshqadamlik qilishayotir.
Ikkinchi pog‘ona Germaniya terma jamoasiga nasib etib turibdi. Ular hisobida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari mavjud. Kuchli uchlikni 1tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan Sloveniya terma jamoasi band etdi. Terma jamoamiz esa 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan kuchli beshlikda turibdi.
Fikrlar