Grigor Dimitrov g‘alaba uchun to‘rt soat qiynaldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Parij shahrida WTA va ATP tomonidan o‘tkazilayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov amerikalik Jared Donaldsonga qarshi kortga chiqdi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv to‘rt soatdan oshiq davom etdi. Keskin va murosasiz bahsda Grigor raqibini 6:7, 6:4, 4:6, 6:4, 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa qiyin o‘yinda g‘alaba qozongan Dimitrov Frantsiya ochiq chempionatining uchinchi davrasida ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!