
Grigor bolgariyaliklarni xursand qilmoqda
Bolgariyaning eng kuchli tennischisi Grigor Dimitrov faoliyati davomida ilk marotaba Sofiyadagi turnir bosh sovriniga yaqin turibdi.
Yarim final uchrashuvida Grigor Dimitrov kuchli tennischilarni munosabaqad chiqarib yuborgan gruziyalik Nikoloz Basilashvili bilan raqobatlashdi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynagan bolgariyalik tennis bellashuvni 6:1, 6:3 hisobida o‘z foydasiga haldi.
Ikkinchi yarim finalda belgiyalik David Goffen keskin va murosasiz o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra ispan tennischisi Roberto Bautista-Agutdan 5:7, 6:4, 7:6 hisobida ustun keldi va bosh sovrin uchun Grigor Dimitrov bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar