
Grizmann Frantsiya termasining TOP-10 to‘purarlar ro‘yxatidan joy oldi (FOTO)
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Germaniyaga qarshi (2:1) UEFA Millatlar ligasi 4-turida dubl muallifiga aylandi.
Hujumchi milliy terma jamoa safidagi gollari sonini 26 taga etkazib, TOP-10 to‘purarlar ro‘yxatidan joy oldi. U Silven Viltord bilan tenglashib oldi.
Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Terri Anri bo‘lib turibdi. Uning hisobida 51 ta gol mavjud.
Fikrlar