
Millatlar ligasi. Germaniya yana mag‘lub bo‘ldi, bu safar Frantsiyaga (to‘liq natijalar)
Sen-Deni shahridagi "Stad de Frans" stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi. 14-daqiqada Milorad Majich faranglar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Toni Kroos aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
62-daqiqada esa Antuan Grizmann muvozanatni tikladi. Oradan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmasdanoq yana o‘sha tinib-tinchimas Grizmann o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va "uchranglilar"ga g‘alaba keltirdi.
Quyida shu va boshqa uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
Fikrlar