Asosiy mazmunga oʻtish

Stol tennisi

Hamyurtimiz Turkiyadagi musobaqada sovrindor bo‘ldi

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

Vakillarimiz Turkiyadagi musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Turkiyaning Istanbul shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ushbu turnirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Misr, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Kiprdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, 2005 yilda tavallud topgan tennischilar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Maqsud Rustamov ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Sayyora Abduhalilova chorak finalgacha etib bordi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q