Iguain 9ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barxam berdi

  • 29 aprel, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain kecha A Seriyaning 35-turida “Inter”ga (2:3) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda g‘alaba golini kiritdi.

Tecno

Shu tariqa argentinalik futbolchi o‘zining 9ta (7ta “Yuventus”, 2ta Argentina) o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barxam berdi. Eslatib o‘tish lozimki, u so‘nggi bor 14 mart kuni “Atalanta”ga (2:0) qarshi o‘yinda gol urishga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum A Seriyada jami 32ta maydonga tushib, o‘z hisobiga 16ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!