Iguain bugun "Yuventus"ga qarshi o‘yinda "Milan"ga yordam berolmasligi mumkin

  • 16 yanvar, 2019, 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi forvardi Gonsalo Iguain bugun “Yuventus”ga qarshi  Italiya Superkubogi bahsida ishtirok etolmasligi mumkin.

Tecno

Xabarlarga qaraganda argentinalik futbolchi bugun jamoaning ertalabki mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Uning shamollab qolgani aytilmoqda. “Rossonerilar” shifokorlari vaziyatni o‘rganishmoqda. Ammo, Iguainning bugungi o‘yinda maydonga tusha olmaslik ehtimoli juda katta.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Milan” bahsi bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!