Ishsiz yurgan Blan "Chelsi"da ish boshlashi mumkin

  • 14.02.2019 16:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi rahbariyati Londonda ishlari yurishmayotgan Mauritsio Sarrining o‘rniga yana bir nomzod topib qo‘ydi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” italiyalik mutaxassis o‘rniga ayni damda ishsiz yurgan Loran Blanni olib kelishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki 53 yoshli frantsiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi PSJ klubi bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” ayni damda APL musobaqa jadvalida 50 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!