JCh-2016: Bokschilarimiz bugun chorak final uchun ringga chiqishadi

  • 21.11.2016 11:31
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun 21 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlariga start beriladi. Kecha o‘tkazilgan janglarda esa uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, ularning barchasi raqiblaridan ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bugungi bellashuvlarda esa to‘rt nafar bokschimiz musobaqadagi ishtiroklarini davom ettiradi.

Dastlab 52 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Otabek Xolmatov o‘zining uchinchi jangini nikaragualik Xose Martines Kaleroga qarshi o‘tkazadi. Mazkur juftlik g‘olibi chorak finalga o‘yl oladi.

64 kgda ringga chiqayotgan Behruz Rahmonov ikkinchi jangda moldovalik Egor Bejenaru bilan kuch sinashsa, birinchi davrada Xitoy vakili Remula Abudureksitiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Shohruz Rahimov (-91 kg) bu safar vengriyalik Richard Kosshishni sinovdan o‘tikazadi.

Og‘irligi 81 kilogramm bokschilar orasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov chorak final uchun kechadigan bellashuvda anchayin jiddiy raqib bo‘lmish qozog‘istonlik Bekzad Nurdauletov bilan hisob-kitob qilib oladi.

Bokschilarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!