Jiru "Chelsi"da qolmoqchi

  • 16.02.2019 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru o‘zining kelajak faoliyati borasida muhim qaror qabul qildi.

The Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli frantsiyalik futbolchi "Stemford Brij"da qolishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki Jiruning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, imzolangan kelishuvga ko‘ra tomonlar ushbu shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jiru “Chelsi” safiga 2018 yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 47ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
16/02/2019 19:29
Яхшиси Хитойга кетиши керак у ҳам...Челсида нон йўқ унга