Jorjio Kellini: Pogbaning qaytishini barchamiz istaymiz
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjio Kellini "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning yana “keksa sinora” safiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“U tug‘ma iqtidor egasi. Albatta, biz barchamiz uning qaytishini xursandchilik bilan qarshi olamiz. Pogba maydonda etakchilik qilish qobiliyatiga ega. Hozir unga yuklatilgan juda katta javobgarlik xalaqit bermoqda”, - deydi italiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Pogba 2012-2016 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng 105 mln evro evaziga MYuga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar