Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Joshua Klichkoni yana ringga chaqirmoqda

Izohlar: 0

Super og‘ir vazn toifasining WBA, IBF, IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua Vladimir Klichko bilan yana bir marta Las-Vegasda jang qilishga tayyor. Agar ukrainalik bokschi rad qiladigan bo‘lsa, Joshua tez orada kamalarga asosiy da’vogar bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi ringga ko‘tariladi.

– Men faoliyatimni davom ettirishni rejalashtirganman. Bu ko‘p jihatdan Klichkoning urushish-urishmasligiga bog‘liq. Klichko yoki Pulev. Ikkala variant ham meni qanoatlantiradi. Bu tomondan men hotirjamman, – deydi Joshua Sky Sports nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Joshua Klichkoni mag‘lub etib, WBA, IBF va IBO kamarlarini qo‘lga kiritgan edi. “Uembli”da o‘tgan jangning  11-raundida texnik nokaut qayd etilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q