Joshua: Uaylderni nokautga uchrataman

  • 01.04.2018 17:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasining WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning eng katta rejalaridan biri ushbu vaznda WBC tituli sohibi Deontey Uaylder bilan kamarlarni birlashtiruvchi jangni o‘tkazib bo‘lib turibdi.

Uaylderga Dillian Uaytning so‘zlari bilan murojaat qilaman: “Qizaloq, kel buni (jangni) tashkil qilamiz”. Deonteyni mag‘lub qilish uchun menga nima kerak? Shunchaki uni men bilan bitta ringga olib keling va men uni nokaut qilaman, – deya Joshuaning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Eslatib o‘tamiz, Joshua Kardiffda o‘tgan kamarlarni birlashtiruvchi jangda yangizelandiyalik Jozef Parkerni mag‘lub etib, titullari qatoriga WBO kamarini ham qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!