KXDR termasi Toshkentga etib keldi

  • 11.10.2018 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2019 yil yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushayotganidan muxlislarning xabarlari bor. Sentyabr oyida Suriya hamda Eron terma jamoalariga qarshi bahs o‘tkazgan terma jamoamiz oktyabr oyida ham ikkita terma jamoaga qarshi to‘p surishi haqida xabar berib o‘tgan edik.

Ektor Kuper shogirdlariga raqiblik qiluvchi KXDR terma jamoasi bugun Toshkent shahriga etib keldi. Koreyaliklar Toshkentdagi Windham mehmonxonasiga joylashishdi. Ushbu terma jamoaga qarshi bahs 13 oktyabr kuni soat 19:00 da “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yingoh kassalarida esa ushbu o‘yin uchun chiptalar savdosi davom etmoqda.

Quyida KXDR terma jamoasining tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

  1. U Il Gang
  2. An Song Il
  3. An Il Bom
  4. Kim Song Min 
  5. Ri Myong Guk
  6. Kang Ju Xyok
  7. Kim Yu Song
  8. Ri Un Chol
  9. Jong Il Gvan
  10. Kim Kuk Bom
  11. Sim Xyon Jin
  12. Kim Yong Il
  13. Ri Chang Xo
  14. Kim Chol Bom
  15. Rim Kvang Xyok
  16. Ri Kum Chol
  17. Jang Kuk Chol
  18. Ri Txong Il
  19. Kang Kuk Chol 
  20. Jo Kvang Myong
  21. Xan Txay Xyok
  22. Sin Xyok

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!