
Kaldara Milanga etib keldi, endi Bonuchchini Turinda kutamiz (FOTO)
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mattia Kaldara “Milan”da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milan shahriga etib keldi. Bu haqda “rossonerilar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra Kaldara muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa yiliga 2 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi evaziga “Milan” Leonardo Bonuchchini “Yuventus”ga yuborishi kelishilgan.
Fikrlar