
Kattaqo‘rg‘onda «Quvnoq startlar» musobaqasi bo‘lib o‘tdi (Foto)
Maktab o‘quvchilaridan iborat bir necha jamoa ishtirik etgan bahslarda sportsevar o‘quvchilarning chaqqonligi, ziyrakligi va birdamligi sinovdan o‘tkazildi. Bu kabi musobaqalar o‘g‘il-qizlarning sog‘lom ulg‘ayishini hamda bir jamoa bo‘lib harakatlanishiga ko‘mak beradi, - deydi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Suhrob Bozorov. -Ular jismonan baquvvat, ruhan tetik va barkamol bo‘lsa, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga tez erishadi. Ular orasida kelgusida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar etishib chiqsa, ajab emas. Musobaqada «Chaqqonlar» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar