
Kelasi yilgi Ispaniya Superkubogi bahsi AQSh, Xitoy yoki Qatarda o‘tkaziladi
2019 yilgi Ispaniya Superkubogi bahsi xorijiy davlatda o‘tkazilishi mumkin.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ispaniya futbol federatsiyasi bu borada AQSh, Xitoy va Qatardan bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi Ispaniya Superkubogi bahsi ham xorijda o‘tkazilgan edi. Marokashda o‘tkazilgan o‘yinda "Barselona" "Sevilya" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar